"11 avgust kuni ukam jang qiladi. Bu jangga men ham qo'shilib ketganimning sababi, yonida turib, ukamga motivaciya berish. Raqibi jiddiy. Kamar uchun jang qilgan. Xudo xohlasa, Azizbek mana shu jangni chiroyli yakunlasa, titul jangiga yaqinlashadi", dedi Ramazon Temirov Olamsport.com muxbiri bilan suhbatda.

Malumot uchun, Azizbek Temirov 11 avgust kuni Yaponiyaning Tokio shahridagi Toyota Arena Tokyo majmuasida tashkil etiladigan RIZIN 54 turnirida yaponiyalik tajribali Joji Gotoga qarshi jang o'tkazadi.

Manba: Olamsport.com