O'zbekistonlik tajribali aralash yakka kurash ustasi Xolmurod Nurmatov endilikda Mangu MMA Ligasida ham jang qiladi.

Uning debyut chiqishi 26 sentyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tadi. Nurmatov Mangu 5 turnirida ishtirok etadi.

Unga o'sha kuni o'zbekistonlik boshqa bir MMA ustasi Lazizxon O'zbekov raqib bo'ladi. Jang greppling qoidalari asosida o'tkaziladi.


Manba: Olamsport.com