Bugun musobaqaning ikkinchi kunida O'zbekiston terma jamoasining ikki vakili Iqboljon Xoldarov hamda Samandar Olimov ringga ko'tarildi.

-70 kg vazn toifasi chorak final bahsida Iqboljon Xoldorov Moldova vakili Vladimir Nazimkoga qarshi bahs olib bordi. Har uch raundda raqibiga xech qanday imkoniyat qoldirmagan holda, 5:0 hisobida g'alabaga erishgan Xoldorov yarim finalga yo'l oldi.

Samandar Olimov esa mezbonlar vakili Arman Arzumanyan bilan to'qnash kelib, 4:1 hisobida g'alaba qozondi va yarim finalga yo'l oldi.

Ertaga ushbu turnir yarim finalida yana ikki vakilimiz To'rabek Habibullaev hamda SHahzod Muzaffarov ishtirok etadi.

Manba: Olamsport.com