Aliev ushbu oqshomda tajribali amerikalik sportchi Mayk Devisga qarshi oktagonga ko'tarildi. Mazkur qarama-qarshilik to'liq davom etib, yakunda Nurullo hakamlarning yakdil qarori bilan g'alabaga erishdi. 

25 yoshli Nurullo Aliev professional MMAda hozirga qadar 12 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozonib kelmoqda. 

Eslatib o'tamiz, mazkur oqshomda hamyurtimiz Ramazon Temirov Avstraliya vakili Stiv Erceg bilan bahs olib boradi. Bogdan Guskov esa markaziy jangda rossiyalik sobiq chempion Magomed Ankalaev bilan to'qnash keladi.

Manba: Olamsport.com