Unga ko'ra, qozog'istonlik Janibek Alimxanuli Saul Alvaresdan keyin ikkinchi o'rinni egalladi.

Avvalroq, WBO va IBF yo'nalishlari bo'yicha o'rta vazn toifasida jahon chempioni bo'lmish Alimxanuli endi supero'rta vazn toifasida faoliyatini davom ettirishi haqida xabar bergandik. 

Ayni paytda super o'rta vazn toifasidagi WBO chempionlik kamari britaniyalik Xamza SHirazga tegishli. 

Mazkur reytingda hamyurtimiz Bektemir Meliqo'ziev ettinchi o'rinda bormoqda.

Manba: Olamsport.com