Umar Kremlyov: "Bivolga trilogiya uchun ikki barobar ko'p pul taklif qildik, lekin..."

"Men juda xafaman. Bu jangni hamma kutyapti. Nima uchun Bivol va uning jamoasi taklifni qabul qilmayapti, bilmayman. Men bu jang tashkil qilinishi uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilyapman. Ikkala jamoa bilan ham uzoq vaqtdan beri muzokara olib boryapmiz. Beterbiev va uning jamoasi jangga tayyor ekanini tasdiqlay olaman.
Biz Bivolga taklif qilgan mablag' avvalgi ikki jangdagidan ancha yuqori. Unga avvalgi janglarga nisbatan ikki barobar ko'proq gonorar taklif qilindi. Beterbiev esa bu jang uchun hatto bepul ham ringga chiqishga tayyor", — dedi Kremlyov The Ring nashriga.
Manba: Olamsport.com
Kommentariyalar