Ahamiyatlisi, turnir doirasida ikki nafar o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustalari oktagonga ko'tarilishadi. Bu Liga tarixida birinchi marta sodir bo'lyapti. Avvalgi turnirlarning hech birida bir nafardan ortiq sportchimiz kardga kiritilmagandi.

UFC Abu-Dhabi musobaqasining markaziy jangida yarim og'ir vazn toifasi UFC reytingida o'ninchi o'rinni egallab turgan yurtdoshimiz Bogdan Guskov birinchi pog'onadagi rossiyalik sobiq chempion Magomed Ankalaev bilan to'qnash keladi.

Ikkinchi asosiy bahsda esa Ramazon Temirov o'ta engil vazn toifasida avstraliyalik kamar uchun sobiq davogar atlet Stiv Ercegga qarshi bahs olib boradi.

Manba: Olamsport.com