UFC Fight Night 281 tarozi natijalari, ikki jangchi vazn qila olmadi

UFC Fight Night 281 turniri ishtirokchilari rasmiy tarozi marosimida hozir bo'lishdi. Oqshomning asosiy jangi o'rta vazn toifasida tashkil etiladi. Unda sobiq chempionlar - Janubiy Afrika Respublikasi vakili Drikus Dyu Plessi hamda nigeriyalik Kamaru Usman o'zaro oktagonda to'qnash keladi. Har ikki afrikalik jangchi belgilangan vazn meyorini muvaffaqiyatli bajardi: Dyu Plessi - 84.14 kg, Usman - 84.37 kg.
Turnirning co-main event, yani ahamiyati jihatidan ikkinchi muhim jangi ham o'rta vazn toifasida o'tkaziladi. Dankan Jared Kannonir Kristian Leroy bilan hisob-kitob qiladi. Kannonir tarozida 83.91 kg, Dankan esa 84.14 kg tosh bosdi.
Ikki jangchi belgilangan vazn meyorini bajara olmadi. Turnirning ahamiyati jihatidan uchinchi jangi ishtirokchisi CHeyz Xuper engil vazn limitidan og'ir tosh bosdi va endi gonorarining malum bir qismini raqibiga beradi. Ezra Elliott esa yarim engil vazn meyorini bajara olmadi va u ham katta miqdorda jarimaga tortiladi.
UFC Fight Night 281 turniri tarozi natijalari:
Asosiy kard janglari
Drikus Dyu Plessi (84.14 kg) – Kamaru Usman (84.37 kg)
Jared Kannonir (83.91 kg) – Kristian Leroy Dankan (84.14 kg)
CHeyz Xuper (71.44 kg)* – Mitch Ramirez (70.53 kg)
Fatima Klayn (52.39 kg) – Tabata Richchi (52.62 kg)
Tommi MakMillen (65.77 kg) – Alberto Montes (66.22 kg)
Prelim kard janglari
Ostin Bashi (65.77 kg) – Xose Delgado (66.22 kg)
Sok Xyon Ko (76.66 kg) – Jan-Pol Lebosnoyani (77.56 kg)
Felipe Franko (92.99 kg) – Levi Rodriges (93.44 kg)
Olden Koria (57.15 kg) – Styuart Nikoll (57.15 kg)
Richard Xarris (119.07 kg) – Elvin Xayns (119.75 kg)
Dioni Barbosa (56.7 kg) – Anna Melisano (57.15 kg)
Demien Anderson (66.22 kg) – Ezra Elliott (66.9 kg)**
Manba: Olamsport.com
Kommentariyalar