UFC Fight Night 281 turnirining asosiy jangi o'rta vazn toifasida tashkil etildi. Unda sobiq chempionlar - Janubiy Afrika Respublikasi vakili Drikus Dyu Plessi hamda nigeriyalik Kamaru Usman o'zaro oktagonda to'qnash keldi. 

To'liq besh raund davom etgan jang g'olibini hakamlar aniqlab berishdi. 32 yoshli Dyu Plessi asosan tik holatda kechgan jangda ustunlikka erishdi. U bir necha bor 39 yoshli Usmanga kuchli va aniq zarbalar yog'dirdi. Yakunda Drikus hakamlarning yakdil qarori bilan 50-45, 49-46, 49-46 hisoblarida g'alaba qozondi. 

Manba: Olamsport.com