UFC ABU-DHABI. BOGDAN GUSKOVNING MAGOMED ANKALAEVGA QARSHI MARKAZIY JANGI BESHINCHI RAUNDDA YAKUNLANDI!

Musobaqaning markaziy bellashuvida o'zbekistonlik UFC jangchisi, yarim og'ir vazn toifasi reytingida o'ninchi pog'onada borayotgan Bogdan Guskov titul uchun birinchi raqamli davogar, rossiyalik sobiq chempion Magomed Ankalaev bilan to'qnash keldi.
5 raundlik main event so'nggi besh daqiqalikda muddatidan avval yakunlandi. Ankalaev hamyurtimizni texnik nokaut orqali mag'lub etdi.
33 yashar angrenlik Bogdan bugun faoliyatidagi 23-jangida ishtirok etdi. Vakilimiz bugungi chiqishi orqali 4-mag'lubiyatini qabul qildi.
Yurtdoshimizdan bir yosh katta Magomed Ankalaevning rekordi esa endi 22-3-1 ko'rinishida.
Manba: Olamsport.com
Kommentariyalar