UFC 329. Peddi Pimblett ishtirokidagi jang 52 soniya davom etdi

Asosiy kard doirasidagi qiziqarli janglardan biri engil vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempionlik kamari uchun sobiq davogar Peddi Pimblett hamda Benua Sen-Deni o'rtasida o'tkazildi.
Birinchi raundning boshidayoq britaniyalik aralash yakkakurash ustasi francuz raqibini parterda bo'g'ish usuli evaziga taslim etdi. Bu paytda jangning 52-soniyasi o'tib borayotgandi. Peddi Benuani uxlatib qo'ydi.
Peddi Pimblett vaqtinchalik chempionlik uchun jangda Jastin Getjiga mag'lub bo'lganidan keyin faoliyatini muvaffaqiyatli yo'lga qaytardi. Benua Sen-Deni esa to'rtta muddatidan oldingi g'alabalar seriyasini to'xtatdi.
Manba: Olamsport.com
Kommentariyalar