"U o'z imidjini buzmoqda". Darren Till Ian Gerrini ayollar haqidagi gaplari uchun tanqid qildi

"Men Ian Gerridan nafratlanmayman. Lekin bu yigit har safar gapirganida o'z imidjini buzmoqda, deb hisoblayman. Qarang, men ayollarni qo'llab-quvvatlaydigan insonlardanman. Mening to'rt nafar qizim, rafiqam bor... Biz kuchli ayollarni yoqtiramiz, albatta, lekin uning gaplari... Xuddi u muhabbatni sotib olishga urinayotgandek tuyuladi. Agar u biroz menga o'xshaganida edi, odamlar uni yaxshi ko'rgan bo'lardi", — deya Tillning so'zlarini keltiradi Mac Life nashri.
Manba: Olamsport.com
Kommentariyalar