— Konor, sen eng kuchli jangchilar bilan to'qnashishga tayyorligingni aytding. SHavkat Rahmonov vatandoshing Ian Garrini mag'lub etdi. Agar hammasi rejang bo'yicha ketsa, kelajakda u bilan jang qilishing mumkinmi va u haqda qanday fikrdasan?

— U haqida bilaman. Jiddiy jarohat olgan va hozir tiklanish jarayonini boshdan kechiryapti. SHuning uchun bu masalada uni tinch qo'yaman. Ayni paytda u haqda o'ylamayapman. Uning oldida hali juda ko'p ish bor. Qolaversa, u menga nima taklif qila oladi? Titulmi? Men uni raqib sifatida ko'rib chiqishim uchun avvalo chempionlik kamarini qo'lga kiritishi kerak. Hozircha u bunga yaqin ham emas", — dedi Makgregor matbuot anjumanida.

Manba: Olamsport.com