"Uning organizmi besh yil avval ham toliqqan edi, shuning uchun uning qaytishi men uchun UFC ko'magida pul ishlashga bo'lgan urinishdan boshqa narsa emasdi. Men u uchun yakkakurashlarda hech qanday istiqbol ko'rmayapman. U bilan hammasi tamom. O'ylaymanki, chuqurroq qarash kerak: agar sen jang qilmoqchi bo'lsang yoki umuman professional sportchi bo'lsang, malum bir turmush tarziga amal qilishing shart. Doimiy ravishda bazmlarda qatnashib, spirtli ichimliklar ichib bo'lmaydi. Tartib-intizomga rioya qilish kerak, uning holatida esa men buni ko'rmayapman.

Uning yuziga qarang. Agar o'zingiz jangchi bo'lsangiz, boshqa odamga qarab, u bilan nimalar bo'layotganini taxminan tushunib olasiz. U endi avvalgi yigit emas. U endi jangchi emas. Ha, shunchaki jangchi emas. Ishonchim komilki, u hali ham qaysidir yangi kelgan jangchini yaxshilab urib qo'yishga qodir. Ammo eng yuqori darajada chiqish qila olmaydi. Barcha hurmatimni saqlagan holda aytamanki, men u uchun bunday imkoniyatni boshqa ko'rmayapman", — deya Overimning so'zlarini keltiradi Bloody Elbow portali.

Manba: Olamsport.com