Biroz avval U19 yosh toifasi yigitlar o'rtasidagi final janglari yakunlandi.

Quvonarlisi, bu yoshdagi terma jamoamiz 7 ta oltin, 1 kumush va 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi.

Ikkinchi o'rinni Qozog'iston va kuchli uchlikdan Janubiy Koreya terma jamoasi o'rin egalladi.

Sovrindorlarimiz ro'yxati: 

Oltin medal:
-50 kg: O'tkirbek Norqosimov
-55 kg: Elyor Rustamov
-60 kg: Muhammadrizo Ukimov
-75 kg: Suhrob Rahmatullaev
-80 kg: Abror SHaripov
-85 kg: Sardor Bahromxo'jaev
-90 kg: Asadbek Sultanboev

Kumush medal:
+90 kg: Islom Salixov

Bronza medal:
-70 kg: Saidxo'ja Sadillaxo'jaev

Manba: Olamsport.com