Katta ehtimol bilan bu uchrashuvda UFC turnirini O'zbekistonda o'tkazish masalasi ham muhokama qilingan. 

Hozirda o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustalaridan Bogdan Guskov, Nursulton Ro'ziboev va Ramazon Temirov dunyoning eng kuchli ligasida o'z janglarini o'tkazib kelyapti. O'z vaqtida hamyurtlarimizdan Zarruh Adashev, Saidyoqub Qahramonov, Mahmud Muradov va Liliya SHakirovaga ham UFC oktagoniga chiqish nasib qilgan.

Manba: Olamsport.com