"Tojik burguti" Ramazon Temirov bilan bir oqshomda jang qiladi

Aliev ushbu oqshomda tajribali amerikalik sportchi Mayk Devisga qarshi oktagonga ko'tariladi. Mazkur qarama-qarshilik turnirning asosiy kardidan o'rin olgan.
25 yoshli Nurullo Aliev professional MMAda hozirga qadar 11 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. UFC'da esa u Rafael Alves, Jo Solecki va SHem Rok ustidan qozongan g'alabalari orqali mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda.
Eslatib o'tamiz, mazkur oqshomda hamyurtimiz Ramazon Temirov Avstraliya vakili Stiv Erceg bilan bahs olib boradi.
Manba: Olamsport.com
Kommentariyalar