Ushbu jang kechasi doirasida to'rt nafar hamyurtimiz ringga ko'tarildi. Ularning ikkisi g'alabaga erishgan bo'lsa, yana ikkisi mag'lubiyat alamini totib ko'rishga majbur bo'ldi.

Yurtdoshlarimiz ishtirokidagi jang natijalari bilan tanishing: 

- Arman Abdukarimov hakamlar qaroriga ko'ra qozog'istonlik Nurjan Serikbaevga yutqazdi;

- Exson Nurmuxammedov qozog'istonlik Erkabulan Jaysanni 1-raundda nokautga uchratdi;

- Nodir Liashov 1-raundda qozog'istonlik Ernar Xusainovga nokaut evaziga yutqazdi;

- Abdumalik Yorbo'taev qozog'istonlik Adiljan Sandibekovni 1-raundda nokautga uchratdi.

Manba: Olamsport.com