Musobaqaning to'rtinchi kuni davomida -60 kg vazn toifasida tashkil etilgan yarim final bahsida Samandar Olimov mezbonlar vakili, armanistonlik Artur Bazeyanga qarshi ringga ko'tarilib, 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi va turnirning bronza medalini qo'lga kiritdi.

-90 kg vazn toifasidagi yarim finalida esa yana bir vakilimiz To'rabek Habibullaev eronlik Hadi Mohammadnejadga qarshi bahs yuritdi va 5:0 hisobida zafar quchgan holda finalga yo'l oldi.

Endilikda To'rabek Xabibullaev, shuningdek, SHahzod Muzaffarov musobaqa oltin medali uchun jang qiladi.

Manba: Olamsport.com