Tim Czyu Errol Spensni mag'lub etib, raqibini faoliyatini yakunlashga majbur qildi

12 raund davom etgan bahsda uchala hakam ham g'alabani Tim Czyuga berdi — 118:110, 117:111 va 117:111.
Bu jang Errol Spens uchun uch yillik tanaffusdan keyingi ilk uchrashuv bo'ldi. Jangdan so'ng 36 yoshli amerikalik bokschi professional faoliyatini yakunlashini malum qildi.
«Men sog'lomman, moliyaviy jihatdan ham o'zimni taminlaganman. Eng muhimi, oilam bag'riga sog'-salomat qaytyapman. Endi ketish vaqti keldi», — dedi Spens.
Manba: Olamsport.com
Kommentariyalar