"SHanba oqshomida Xollouey faoliyatini yakunlaydi" - Konor Makgregor

"Maksning allaqachon uchinchi jang haqida gapirayotganini hurmatsizlik deb hisoblayman. Bu uning bu erga faqat pul uchun kelganini ko'rsatadi. Mening taxminim shuki, shanba oqshomida Xollouey faoliyatini yakunlaydi. Senda hech qanday imkoniyat yo'q.
SHanba oqshomida uni hakam qutqarib qoladi. Men mashg'ulotlarda aynan shuning uchun mehnat qildim. Tayyorgarlik yig'inida ham shu maqsad uchun to'g'ri ishladim. SHanba kuni haqiqiy zo'ravonlikni ko'rasizlar. Men sizlarga hammasini namoyish qilaman", — dedi Makgregor matbuot anjumanida.
Konor va Xollouey o'rtasidagi jang 12 iyul kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan UFC 329 turnirining markaziy bahsi bo'ladi.
Manba: Olamsport.com
Kommentariyalar