SHakur Stivenson Czyu - Spens jangi uchun qatiy bashorat berdi

"Menimcha, Errol bu ishni uddalaydi. Unga eng yaxshi tilaklarni bildiraman. Errol ringga chiqib, Tim Czyuni ayovsiz mag'lub etishini xohlayman.
Men Errol Spensning muxlisiman. Krouford bilan jangidan ancha oldin ham munosabatlarimiz yaxshi bo'lgan. Uning muvaffaqiyat qozonishini istayman.
Tim Czyu Errolni mag'lub eta oladi deb o'ylamayman. Men Errolni yaxshi bilaman — u ruhan kuchli, haqiqiy jangchi. Tim uni yuta olishiga ishonmayman", — dedi Stivenson.
Manba: Olamsport.com
Kommentariyalar