Musobaqaning asosiy bellashuvi serbiyalik tajribali aralash yakka kurash ustasi Urosh Medich hamda amerikalik Daniel Rodriges o'rtasida o'tkazildi.

Bellashuv birinchi raunddayoq Medichning g'alabasi bilan yakunlandi. Urosh raqibini nokautga uchratdi.

Bu Medichning birinchi raundda nokaut orqali qo'lga kiritgan ketma-ket to'rtinchi g'alabasi bo'ldi. Rodrigesning esa uchtalik g'alabali seriyasi nihoyasiga etdi.

Manba: Olamsport.com