"Saturn" Qozog'istonda navbatdagi jangini o'tkazdi (VIDEO)

Musobaqada o'zbekistonlik pop-MMA jangchisi Og'abek "Saturn" Abdumo'minov ham ishtirok etdi.
Qozog'iston vakili Aktilek Jolshibekovga qarshi kechgan bahsda vakilimiz raqibini ilk raunddayoq bo'g'ish usuli orqali muddatidan avval taslim etdi.
Bu orqali "Saturn" faoliyatidagi ettinchi jangida oltinchi g'alabasini nishonladi. Raqib esa ikkinchi jangidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Manba: Olamsport.com
Kommentariyalar