Saidjamshid Jafarov Baku mezbonlik qiladigan IBA CHempionlar oqshomida ringga chiqadi

Ushbu janglarning beshtasida Ozarbayjon bokschilari ringga ko'tariladi.
Biz uchun ahamiyatlisi, turnir doirasida hamyurtimiz, hozirda Ozarbayjon sharafini himoya qilayotgan Saidjamshid Jafarov o'rta vazn toifasidagi bellashuvda belaruslik Nikolay Vesyolov bilan kuch sinashadi.
Bundan tashqari, yana bir yurtdoshimiz Xurshidbek Rasuljonov Evropa o'yinlarining bronza medali sovrindori, Ozarbayjon vakili Tayfur Aliev bilan bahs olib boradi.
Janglar oqshomi 10 iyul kuni tashkil etiladi.
Manba: Olamsport.com
Kommentariyalar