Rasman! Octagon League Toshkentdagi keyingi turniri va uning markaziy jangini elon qildi (POSTER)

Bu haqda Liga matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, turnir markaziy jangi hamyurtimiz Asadbek Saidov va Qozog'iston vakili Sayat Abduali o'rtasida kechadi.
Jang engil vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun o'tkaziladi.
Aslida, ikki sportchi 1 may kuni jang qilishi kerak edi, biroq Saidovning jarohati bunga halaqit berdi.
Malumot uchun, Asadbek faoliyati davomida hozirgacha 7 ta jang o'tkazib, barchasida g'olib bo'lgan. Sayat Abduali hisobida esa 9 ta jangda qo'lga kiritilgan 9 ta g'alaba bor.
Manba: Olamsport.com
Kommentariyalar