Rasman. Arman Carukyan chempionlik kamari uchun jangi o'tkazadi + POSTER

Ular o'rtasidagi greppling bahsi 3 oktyabr kuni Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi. Carukyan va Denis RAF 14 turnirida o'rta vazn toifasidagi RAF chempioni unvoni uchun jang qiladi.
Carukyan avval ham RAF promoushenida jang o'tkazgan. U iyul oyida tashkilotdagi ilk mag'lubiyatini qayd etib, murosasiz kechgan jangda Kolbi Kovingtonga ochkolar bo'yicha yutqazgan edi.
Denisning RAFdagi rekordi esa 0-2. U debyut jangida Kovingtonga, keyin esa UFC sobiq chempioni Xamzat CHimaevga mag'lub bo'lgan. CHimaevga qarshi jangdan so'ng sahnada ommaviy janjal kelib chiqqan va vaziyatga xavfsizlik xodimlari aralashishiga to'g'ri kelgandi.
Manba: Olamsport.com
Kommentariyalar