Hamyurtimiz o'ta engil vazn toifasida UFC reytingida o'ninchi o'rinni egallab turgan, ikki marta titul uchun jang qilgan avstraliyalik Stiv Erceg bilan bahs olib bordi.

Ramazon Temirov 3 raundlik co main event bahsida birinchi raundning o'zida NOKAUTGA UCHRATDI!!!

SHu tariqa, 29 yoshli Ramazon Temirov faoliyatidagi yigirma ikkinchi jangini o'tkazdi. Endi uning hisobida 20 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat bor. 30 yashar Stiv Erceg esa bugun o'zining o'n to'qqizinchi jangida beshinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.

Manba: Olamsport.com