Oskar de la Xoyya Turki Al ash-SHayxni tanqid qildi

"Turki, siz xohlagan bokschingizni taklif qilib, jang uyushtira olmaysiz. O'z xohishingiz bilan janglarni istalgan platformada translyaciya qila olmaysiz. SHuning uchun ham sizni sudga berishyapti. SHu boisdan siz Frenk Uorren va Eddi Xirn bilan tinchlik sammitini chaqirishga majbur bo'ldingiz - axir bu urushni siz boshladingiz-ku!", - dedi 52 yoshli De La Xoyya.
Avvalroq Turki Al ash-SHayx Londonda britaniyalik promouterlar Frenk Uorren, Eddi Xirn va DAZN striming xizmati bilan muvaffaqiyatli muzokaralar o'tkazganini malum qilgan edi.
Saudiyalik amaldor o'zining global maqsadi eng yaxshi jangchilarning eng yaxshilar bilan to'qnashuvlarini tashkil etish ekanligini bir necha bor takidlagan.
Manba: Olamsport.com
Kommentariyalar