Xabarlarga ko'ra, Eleusinov ikkita yo'l-transport hodisasida ishtirok etgan va shundan so'ng voqea joyidan yashiringan. Policiya vakillarining takidlashicha, bokschi avtomobilni mast holatda boshqargan.

YTH oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Daniyar Eleusinov — Qozog'istonda xizmat ko'rsatgan sport ustasi, 2013 yilgi jahon chempioni va 2016 yilgi Olimpiya o'yinlari g'olibi hisoblanadi. Professional faoliyati davomida u IBO yo'nalishida yarim o'rta vazn jahon chempioni hamda IBF Inter-Continental kamari sohibi bo'lgan.


Manba: Olamsport.com