Musobaqaning markaziy bellashuvida hamyurtimiz Odilxon Kamolov Tojikiston sharafini himoya qiluvchi Qamariddin "Kamil Karate" Hasanovga qarshi oktagonga chiqdi.

Vaqtinchalik BMF chempionlik kamari uchun kechgan jang to'liq 5 raund davom etdi. Biroq yakunda hakamlar jangning durang bilan yakunlanganini malum qilishdi.

Bu ikki sportchi o'rtasidagi o'zaro uchinchi jang edi. Ularning dastlabkisi Kamilning qo'lidan olgan jarohati sabab o'tkazilmagan deb topilgan bo'lsa, ikkinchi bellashuvda Odilxon mag'lubiyat alamini totib ko'rgandi. Har ikkala jang ham "Humo Arena"da tashkil etilgandi.

Manba: Olamsport.com