Musobaqa hal qiluvchi bosqichga ham etib keldi. Oldinda faqat final janglari qoldi. Final bosqichiga O'zbekiston terma jamoasi eng ko'p vakil bilan etib keldi. Hal qiluvchi bahslarda 7 nafar o'zbekistonlik bokschi ishtirok etadi.

Unga ko'ra finalga quyidagi bokschilarimiz etib kelishdi: 

-48 kg: Farzona Fozilova

-57 kg: Nigina O'ktamova

+80 kg: Oltinoy Sotimboeva

-50 kg: Asilbek Jalilov

-60 kg: Abdumalik Xalokov

-80 kg: Javohir Ummataliev

-90 kg: To'rabek Xabibullaev

Quyida, qaysi davlatdan nechta finalchi hal qiluvchi bosqichga etib kelganligini bilib olishingiz mumkin:

O'zbekiston — 7 nafar
Xitoy — 6 nafar
Qozog'iston — 5 nafar
Hindiston — 4 nafar
Franciya — 4 nafar
Braziliya — 3 nafar
Angliya — 2 nafar
AQSH — 2 nafar
Italiya — 2 nafar
Taypey — 1 nafar
Bolgariya — 1 nafar
Ozarbayjon — 1 nafar
Germaniya — 1 nafar
Kanada — 1 nafar

Manba: Olamsport.com