Vegas City majmuasida o'tkaziladigan turnirda kichik Ro'ziboevga braziliyalik Gabriel Miranda raqiblik qiladi. "Uchuvchi" laqabi bilan tanilgan Miranda dunyoning eng kuchli ligasida to'rtta jang o'tkazgan, shuningdek, Brave CF ligasida ham oktagonga chiqqan. 

Nursulton Ro'ziboev ertangi muhim jangda ukasini qo'llab-quvvatlash, uning burchagida bo'lish maqsadida Moskva shahriga etib bordi. Uch yillik tanaffusdan so'ng oktagonga qaytayotgan Mashrabjon Open FC ligasida uchta jang o'tkazgan. Uning MMAdagi umumiy g'alabalari soni 20 tani tashkil etmoqda, shundan 17 tasi muddatidan oldin yakunlangan.


Manba: Olamsport.com