Gap amerikalik Sedrik Dyuma haqida ketmoqda.

Malum qilinishicha, Dyumaning UFC bilan shartnomasi yakunlangan va tashkilot u bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan. Sedrik boshqa promoushenlarda erkin faoliyat yuritish huquqiga ega bo'ldi.

Sedrik Dyuma UFCda jami 9 ta jang o'tkazib, 3 ta g'alaba, 5 ta mag'lubiyat va 1 ta natijasi bekor qilingan bahs qayd etgan. U so'nggi uchta jangining barchasida mag'lub bo'lgan va oxirgi marta joriy yil aprel oyida Jekson Makveyga qarshi oktagonga chiqqan edi. U 2024 yilda hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboevga ham imkoniyatni boy bergandi.

Manba: Olamsport.com