Hamyurtimiz o'z storisida "Jang qabul qilindi. Raqib, sana va manzilni yaqinda aytaman, In SHa Alloh. Keyingi raqib top!", deya post yozib qoldirdi.

Eslatib o'tamiz, Nursulton Ro'ziboev 27 iyun kuni Boku shahrida bo'lib o'tgan UFC Fight Night 280 turnirida rossiyalik Andrey Pulyaevga qarshi oktagonga chiqib, birinchi raunddayoq sabmishen evaziga zafar quchgandi. Uning UFC'dagi rekordi beshta g'alaba va bitta mag'lubiyatdan iborat bo'lib turibdi.


Manba: Olamsport.com