Nursulton Ro'ziboev Bokudagi jangi oldidan raqibi haqida gapirdi

"Operaciyalar ortda qoldi, hammasi joyida. To'liq yig'inni o'tkazdim. Tayyorgarlik yaxshi bo'ldi. Ozgina vaqt qoldi, hammasini jangda ko'rsatamiz. Asosan, top darajadagi chapaqay UFC jangchilari bilan sparringlar o'tkazdim. Raqibimning janglarini ko'rib chiqdim. U tik turgan holda oxirigacha yaxshi jang qiladi. SHunga qarab, men ham o'z jangimni qo'yaman", dedi Ro'ziboev.
Malumot uchun, Nursulton Ro'ziboev va rossiyalik Andrey Pulyaev ishtirokidagi jang 27 iyun kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahridagi turnir doirasida o'tkaziladi.
Manba: Olamsport.com
Kommentariyalar