"AAA Promouter" tomonidan tashkil etilgan boks kechasining markaziy jangida tajribali bokschimiz Nodirjon Mirzahmedov qirg'izistonlik SHakarbek Mamat uuluga qarshi ringga ko'tarildi. 

To'rt raundga mo'ljallangan jang 1-raunddayoq yakunlandi. Unda bokschimiz texnik nokaut evaziga g'alabaga erishdi. 

Bu Mirzahmedov uchun prof boksdagi ikkinchi jang bo'ldi. Bungacha u 2025 yil avgust oyida qozog'istonlik Assan Kalmakanov bilan jangda g'alaba qozongandi.

Manba: Olamsport.com