Avval xabar berganimizdek, turnirda to'rt nafar hamyurtimiz ishtirok etyapti.

Bugun musobaqaning ilk kunida ikki vakilimiz — ISHahzod Muzaffarov hamda Iqboljon Xoldarov ringga chiqdi.

-55 kg vazn toifasidagi bokschimiz SHahzod Muzzaffarov isroillik Farid Xreishga qarshi jang qilib, 5:0 hisobida zafar quchdi va keyingi bosqichga yo'l oldi. -70 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Iqboljon Xoldarov esa o'zining ilk jangida mezbonlar vakili Vaxag Asatryanni 5:0 hisobida mag'lub etdi.

Ertaga To'rabek Habibullaev hamda Samandar Olimov turnirdagi yurishini boshlaydi.

Manba: Olamsport.com