Movsar Evloev chempionlik jangidan keyin faoliyatini yakunlashi mumkin

Agar Movsar Evloev yarim engil vazn toifasida Aleksandr Volkanovskiga qarshi jangda UFC chempioni bo'la olmasa, u professional jangchilik faoliyatini yakunlashi mumkin. Bu haqda rossiyalik sportchi avstraliyalik raqibining "agar muvaffaqiyatsiz chiqish qilsam, faoliyatimni yakunlayman", degan so'zlariga izoh berar ekan, malum qildi.
"Xuddi shunday!", – deb yozdi Evloev yangilik ostidagi izohida.
Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Movsar chempionlik jangiga UFC`dagi o'ninchi g'alabali seriya bilan yaqinlashmoqda. U o'zining so'nggi jangida, yani norasmiy davogarlik maqomiga ega bahsda, hakamlarning ko'pchilik ovozi bilan britaniyalik Leron Merfini mag'lub etgan edi.
Manba: Olamsport.com
Kommentariyalar