Gap shundaki, boks bo'yicha jahon chempioni SHakur Stivenson tomoshabinlarga NBA'ning «Oklaxoma-Siti Tander» klubi basketbolchisi sifatida tanishtirilgan.

"Men SHakur Stivensonga juda katta pul to'ladim, lekin qandaydir sabab bilan mashhur insonni to'g'ri tanishtira olmaymiz. Uni NBA'ning “Oklaxoma-Siti Tander” jamoasi o'yinchisi deb ko'rsatishdi! Axir bu nima degani?

Bu aql bovar qilmas holat. Mashhur mehmonlarni tanishtirish borasida UFC eng yomon tashkilot bo'lsa kerak. Yigitlarim bilan qattiq tortishdim, hammani koyidim. Ular futbolda ahvol bundan ham yomon deyishdi. Ammo biz esa yozuv chiqarib, boshqa odamning ismini yozib qo'ydik. Bu umuman aqlga sig'maydi", — dedi Uayt.

Manba: Olamsport.com