Maykl Peyj: "UFC menga top-10 dagi raqiblar bilan jang bermayotgani - aqlga sig'maydi"

«Bilasizmi, bu aqlga sig'maydi. Men MMA’da eng yuqori darajaga chiqdim, ammo top-10 dagi jangchilardan biri bilan jang tashkil qilish deyarli imkonsizdek tuyuladi. Bahona ketidan bahona bo'ladi — biz ularga nomzodlar ro'yxatini yuboramiz, keyin esa yana o'sha holat takrorlanadi. Eng shafqatsiz sport turida ishtirok etayotganim, eng kuchli yigitlar orasida ekanimga qaramay, ulardan biri bilan jang olish bunchalik qiyin bo'lishi aqlga sig'maydi», — dedi Peyj Ariel Xelvanining YouTube’dagi intervyusida.
Manba: Olamsport.com
Kommentariyalar