"Men hech ham xafa bo'lmadim. Bu Xudoning irodasi. Biz faqat U biz uchun belgilagan yo'ldan ketamiz. To'g'risini aytsak, Islamning yarim o'rta vaznda raqiblari etarli. Uning yangi bosqichga chiqishi uchun Topuriya shart emasdi.

Balkim, o'sha irlandiyalik yigit — Konor Makgregor qaror qilsa... Agar u 11 iyul kuni g'alaba qozonsa, nega endi yo'q? U chaqiruvga tayyor bo'ladi, biz ham tayyor bo'lamiz. Rostini aytsam, balki uning g'alaba qozonishini ham istamayotgandirman. Lekin agar yutsa va o'zi ham xohlasa, bu variantni muhokama qilishimiz mumkin.

Bu jang ahamiyati jihatidan kam bo'lmaydi, balki undan ham kattaroq voqeaga aylanishi mumkin. Agar Konor g'alaba qozonsa, mening nazarimda, bu yanada yirik hodisa bo'ladi. Agar shunday bo'lsa, ehtimol UFC tarixidagi eng buyuk jangni ko'rishimiz mumkin. U bu qarama-qarshilikka juda katta qiziqish olib kiradi. Agar menda orzular ro'yxati bo'lganida, aynan shu jangni tanlagan bo'lardim", — dedi Mendes Submission Radio podkastida.

Manba: Olamsport.com