Maxachev - Garri bilan jangiga tayyorgarlik haqida: "Juda ko'p yugurishga to'g'ri kelyapti"

Islam shu kuni UFC 330 turnirida irlandiyalik Ien Garriga qarshi chempionlik jangida oktagonga ko'tariladi.
"Bu mashg'ulot lagerida juda ko'p yugurishimga to'g'ri kelyapti, chunki uni quvib etishim kerak bo'ladi. U juda ko'p yuguradi. Uning rejasini bilaman. Biz uning janglarini ko'rib chiqdik. Uning uslubi o'zgarmas. Uni ushlab olishga, yiqitishga va avvalgi raqiblarim bilan amalga oshirgan ishimni takrorlashga harakat qilaman", — deya Maxachevning so'zlarini keltiradi MMA Fighting nashri.
Manba: Olamsport.com
Kommentariyalar