Mark Urvanov raqibi SHohjahon Ergashev tomorqasiga "tosh otdi" (VIDEO)

"SHohjahon, juda ko'p gapiryapsan. Sen shunchaki sergapsan va hech narsani isbotlay olmaysan. Qara, mening qancha kamarim bor. Men ularni og'ir janglarda qon va ter to'kishim evaziga qo'lga kiritganman. Sen kimsan? Kuchsizsan, hatto bokschi ham emassan! Men senga aytganman, sen bokschi emas, raqqossan. Bu jangga bekor rozi bo'lding. Men seni er bilan bitta qilaman", dedi Urvanov.
Bu ikki bokschi o'rtasidagi jang 25 iyul kuni "Humo Arena" majmuasida o'tkaziladi. Qizig'i, SHahram G'iyosov Mark Urvanovni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi.
Manba: Olamsport.com
Kommentariyalar