Liga tomonidan to'rtinchi bor tashkil etilayotgan musobaqaning yana bir jangi rasman elon qilindi. Yarim o'rta vazn toifasidagi hamyurtimiz Mo'minjon Mamajonov (5-0-1) eronlik Ebraxim Nirui (4-2-0)ga qarshi oktagonga chiqadi. 

Mamajonov 5 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etgan. Yagona mag'lubiyatini shu yil 24 iyul kuni WEF ligasida Manas Temirbekovdan qabul qilib olgan. Eronlik aralash yakkakurash vakili esa 4 g'alaba va 2 mag'lubiyat qayd etgan. Oxirgi jangini o'tgan yilning may oyida o'tkazib, Vladislav Derevenshixga yutqazgan. 

Manba: Olamsport.com