Magomed Ankalaev Aleks Pereyraga qarshi revanshga chiqqanidan afsusdaligini tan oldi

U 25 iyul kuni Abu-Dabida bo'lib o'tadigan UFC Fight Night 282 turnirida hamyurtimiz Bogdan Guskovga qarshi oktagonga chiqadi.
«O'sha vaqtda sog'lig'im bilan bog'liq muayyan muammolarim bor edi. Ko'pchilik menga umuman jangga chiqmaslikni, ishtirokdan voz kechishni maslahat berdi. Jangni keyinroq o'tkazish mumkinligini ham aytishdi. Ammo men o'zimni jang qilish uchun etarlicha yaxshi his qilyapman, deb o'yladim va hech kimning gapiga quloq solmadim. Natijada xato qildim, xatolar uchun esa bazan to'lov qilishga to'g'ri keladi. Bu voqea juda uzoq davom etdi va ochig'ini aytsam, unga yana qaytishni istamayman», — deya Ankalaevning so'zlarini keltiradi MMA Junkie nashri.
Manba: Olamsport.com
Kommentariyalar