Kecha Las-Vegasda o'tgan turnirning asosiy jangida Makgregor birinchi raunddayoq oyog'idan jarohat olib, texnik nokautga uchragan edi.

"Bu aqlsizlik. Kimdir menga axlat sepishni boshlasa, Xudo ularni jazolaydi", - deb yozdi Krouford X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Makgregor Terens Kroufordning 200 million dollar evaziga MMA va boks qoidalari bo'yicha ikkita jang o'tkazish taklifini rad etganini malum qilgandi. Amerikalik bu malumotni rad etgan edi.

Manba: Olamsport.com