Quvonarlisi, kecha U22 yosh toifasidagi bahslarda ringga ko'tarilgan bokschilarimizning bari - Faryozbek Do'smatov (-55 kg, Abdurahmon Mahmudjonov (-60 kg), Ilhomjon Ergashev (-65 kg), Abdulloh Madaminov (-70 kg), Abdulaziz Abdulhamidov (-75 kg), Fazliddin Erkinboev (-80 kg), Norbek Abdullaev (-85 kg) va Samir Sobirov (-90 kg) raqiblarini mag'lub etib, 1/2 final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Bugun qita birinchiligi doirasida U19 yosh toifasidagi yigitlarimizdan 7 nafari ringga ko'tariladi. Janglar bizning vaqt bilan soat 10:00da boshlanadi.  


Juftliklar bilan tanishing:

-50 kg: O'tkirbek Norqosimov - Junsu CHoi (Koreya Respublikasi) 10:30

-55 kg: Elyor Rustamov - Pangeran Februzio (Indoneziya) 11:15

-60 kg: Muhammadrizo Ukimov - Umar Orusbaev (Qirg'iz Respublikasi) 12:30

-70 kg: Saidxo'ja Sadillaxo'jaev - Muhammad Mamadaliev (Tojikiston) 14:15

-75 kg: Suhrob Rahmatullaev - Hamza Maksatuli (Qozog'iston) 15:00

-80 kg: Abrorbek SHaripov - Benjamin Lee (Singapur) 16:00

-85 kg: Sardorbek Bahromxo'jaev - Sunghoon Lim (Koreya Respublikasi) 17:15

Manba: Olamsport.com