Islam Maxachevning sparring sherigi UFC'da debyut qildi

Tayboks bo'yicha ikki karra jahon chempioni bo'lmish 31 yoshli dog'istonlik Magomed Zaynukov Abu-Dabi shahri mezbonligidagi UFC Fight Night 282 turnirida oktagonga ko'tarildi.
Polsha sharafini himoya qiluvchi Damian Rjepeckiga qarshi jang to'liq 3 raund davom etdi. Yakunda hakamlarning yakdil qarori ila Magomed Zaynukov g'alaba qozondi.
Bu Zaynukovning faoliyatidagi to'qqizinchi jangida qo'lga kiritgan to'qqizinchi g'alabasi edi.
Manba: Olamsport.com
Kommentariyalar