Ilk marta uyg'ur sportchisi UFC bilan shartnoma imzoladi + FOTO

Bu haqda u o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali malum qildi. Elzat "New journey" ("Yangi safar") degan qisqa izoh bilan UFC xeshtegini qo'llab, tashkilot bilan hamkorlikni boshlaganini elon qildi.
Hozircha sportchining UFCdagi debyut jangi, raqibi va sanasi rasman elon qilinmagan. Bu haqdagi malumotlar yaqin kunlarda malum qilinishi kutilmoqda.
Uyg'ur sportchi prof faoliyati davomida hozirga qadar 10 ta jang o'tkazib, ularning barchasida zafar quchgan. Elzat Instagram tarmog'ida mashhur bloger ham hisoblanadi.
Manba: Olamsport.com
Kommentariyalar